MAXFIYLIK SIYOSATI
Ushbu Maxfiylik siyosati (bundan buyon matnda – «Siyosat») LEXORA dasturiy ta'minoti foydalanuvchilarining shaxsga doir ma'lumotlarini yig'ish, saqlash, ularga ishlov berish, ulardan foydalanish, ularni uzatish va himoya qilish tartibini tartibga soladi. Mazkur Siyosat O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Ziyolilar ko'chasi, 9-uy manzili bo'yicha ro'yxatdan o'tgan, STIR 312671805 bo'lgan «LEXORA TECH» mas'uliyati cheklangan jamiyatining (bundan buyon matnda – «Kompaniya») rasmiy maxfiylik siyosati hisoblanadi, u ayni vaqtda o'rindoshlik asosida shaxsga doir ma'lumotlar bazasining operatori va mulkdori ham hisoblanadi. Ushbu Siyosat mazkur Siyosat shartlarini to'liq hajmda, hech qanday istisnolarsiz, shartlarsiz yoki qo'shimcha izohlarsiz qabul qiladigan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy yoki yuridik shaxsga (bundan buyon matnda – «Foydalanuvchi») qaratilgan.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. LEXORA Platformasi sun'iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan hamda normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy tahlil qilish; yuridik hujjatlarni tayyorlash; huquqiy axborotga ishlov berish va uni tuzilmalashtirish; matnlar va tahliliy materiallarni generatsiya qilish; foydalanuvchilarning yuridik ishini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot, veb-ilova va ular bilan bog'liq raqamli servislardan iboratdir.
1.2. Ushbu Siyosat shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi Qonuniga, shuningdek axborotning maxfiyligini ta'minlash, axborot xavfsizligi va axborot tizimlaridan foydalanish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasining boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlariga taalluqli ma'lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
1.3. Foydalanuvchi tomonidan LEXORA Platformasidan foydalanishga qaratilgan har qanday harakatning sodir etilishi, shu jumladan Foydalanuvchining https://app.lexora.uz manzili bo'yicha Platformada ro'yxatdan o'tishi, Akkaunt yaratishi, tanlangan tarif rejasi uchun haq to'lashi va (yoki) kreditlarni sotib olishi, shuningdek Platformaning funksional imkoniyatlaridan, shu jumladan sun'iy intellekt servislaridan foydalanishni amalda boshlashi ushbu Siyosatning aksepti deb e'tirof etiladi.
1.4. Agar shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, ularni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni himoya qilish bilan bog'liq ayrim masalalar ushbu Siyosatda to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinmagan bo'lsa, bunday masalalar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga hamda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi sohasidagi boshqa qo'llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinishi lozim.
2. ATAMALAR VA TA'RIFLAR
«Kompaniya», «Operator» – LEXORA dasturiy ta'minotiga, shu jumladan tovar belgisiga, dastlabki kodga, dizaynga, tuzilmaga va dasturiy ta'minotning boshqa komponentlariga nisbatan mutlaq mulkiy huquqlarga ega bo'lgan «LEXORA TECH» mas'uliyati cheklangan jamiyati. Kompaniya O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq LEXORAni ishlab chiqish, o'zgartirish (modifikatsiya qilish), tarqatish va tijoratlashtirishga doir barcha huquqlarga ega.
«LEXORA Platformasi», «LEXORA» – sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda huquqiy tahlil o'tkazish, yuridik materiallarni, ishlab chiqilgan variativ shablonlar asosida hujjatlarni va tahliliy hisobotlarni tayyorlash uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot, veb-ilova va ular bilan bog'liq servislar.
«Sayt» – Internet tarmog'ida https://lexora.uz/ va https://app.lexora.uz/ manzili bo'yicha foydalanish mumkin bo'lgan, ular vositasida Foydalanuvchining LEXORA bilan o'zaro hamkorligi amalga oshiriladigan o'zaro bog'liq veb-sahifalar majmui.
«Foydalanuvchi» – jismoniy yoki yuridik shaxs. Jismoniy shaxs to'liq muomala layoqatiga ega bo'lishi kerak. Yuridik shaxs LEXORAdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan vakolatli xodimni yoki vakilni mustaqil ravishda belgilaydi.
«Akkaunt» – Foydalanuvchining LEXORAdagi shaxsiy hisob yozuvi bo'lib, u Foydalanuvchi tomonidan ro'yxatdan o'tish va zarur ma'lumotlarni kiritish yo'li bilan mustaqil ravishda yoxud Foydalanuvchining so'roviga ko'ra bevosita Kompaniya tomonidan yaratiladi.
«Kreditlar» – LEXORA Platformasining sun'iy intellekt funksionalidan va Platformaning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish uchun qo'llaniladigan ichki hisob-kitob birligi. Muayyan funksionaldan foydalanganlik uchun hisobdan chiqariladigan kreditlar miqdori Kompaniya tomonidan belgilanadi hamda operatsiya turiga, ishlov beriladigan ma'lumotlar hajmiga, so'rovning murakkabligiga, tanlangan Tarif rejasiga va boshqa texnik parametrlarga qarab farq qilishi mumkin
«Loyiha» – LEXORA Platformasi ichidagi mantiqan alohida ajratilgan ish maydoni bo'lib, u Foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni, so'rovlarni, hujjatlarni va sun'iy intellekt ishining natijalarini tuzilmalashtirish, saqlash va ularga ishlov berish uchun yaratiladi.
«Sun'iy intellekt», «SI» – ma'lumotlarga ishlov berishning ehtimollik va statistik usullaridan foydalanadigan dasturiy algoritmlar va hisoblash modellari majmui, shu jumladan LEXORA Platformasida axborotni generatsiya qilish, tahlil qilish va unga ishlov berish uchun qo'llaniladigan uchinchi shaxslarning texnologiyalari va servislari.
«Tarif rejasi» – Foydalanuvchining LEXORA Platformasidan foydalanish shartlari majmui bo'lib, u taqdim etiladigan kreditlar hajmini, foydalanish mumkin bo'lgan funksiyalar ro'yxatini, funksional va boshqa cheklovlarni, shuningdek Platformadan foydalanishning amal qilish muddati va qiymatini o'z ichiga oladi.
«Bonus davri» – Foydalanuvchiga muayyan miqdordagi bepul kreditlarni hisoblagan holda va (yoki) cheklangan funksional bilan LEXORA Platformasidan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin bo'lgan davr. Bonus davrining shartlari, shu jumladan kreditlar miqdori, ularni hisoblash tartibi va davriyligi, amal qilish muddati va foydalanish mumkin bo'lgan funksional Kompaniya tomonidan belgilanadi hamda u tomonidan oldindan xabardor qilmasdan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi yoki tugatilishi mumkin.
«Maxfiy axborot», «Shaxsga doir ma'lumotlar» – Taraflar tomonidan ushbu Siyosatni bajarish jarayonida olingan, uchinchi shaxslarga noma'lumligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo'lgan har qanday moliyaviy, ishlab chiqarish, texnik, tijorat, tashkiliy yoxud boshqa axborot, shuningdek moddiy yoki elektron tashuvchida qayd etilgan, undan foydalanish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yoxud Taraflarning kelishuviga ko'ra cheklangan boshqa axborot.
«Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish» – shaxsga doir ma'lumotlar bilan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish platforma servislarini taqdim etish, foydalanuvchi so'rovlarini bajarish, qonunchilik talablariga rioya etish, tizim xavfsizligini ta'minlash, shuningdek dasturiy ta'minot ishining sifatini va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadlarida amalga oshirilishi mumkin.
«Ma'lumotlarni egasizlantirish» – natijasida shaxsga doir ma'lumotlar shunday o'zgartiriladiki, qo'shimcha axborotdan foydalanmasdan ma'lumotlarning muayyan shaxsga doir ma'lumotlar subyektiga tegishliligini aniqlash imkonsiz bo'lib qoladigan harakatlar. Egasizlantirish identifikatsiya qiluvchi elementlarni (masalan, ismni, aloqa ma'lumotlarini, foydalanuvchi identifikatorlarini) o'chirish yoki almashtirish, axborotni agregatsiya qilish, psevdonimlashtirishning texnik usullarini yoki ishlov berishning boshqa usullarini qo'llash yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.
3. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI YIG'ISH
3.1. Foydalanuvchi o'zi tomonidan LEXORA Platformasiga kiritiladigan yoki yuklanadigan barcha ma'lumotlarga, axborotga, materiallarga, so'rovlar matnlariga, hujjatlarga va boshqa ma'lumotlarga sun'iy intellekt tizimlari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan tizimlar va servislar tomonidan ishlov berilishi mumkinligini e'tirof etadi va bunga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi bunday ma'lumotlarni uzatish to'g'risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi hamda bunday uzatishning ehtimoliy huquqiy va boshqa oqibatlari, shu jumladan maxfiylikning buzilishi, tijorat sirining oshkor etilishi yoki uchinchi shaxslar huquqlarining buzilishi xavflari uchun to'liq javobgar bo'ladi.
3.2. O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq Kompaniya Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: familiyasini, ismini, otasining ismini, elektron pochta manzilini, telefon raqamini, Akkaunt ma'lumotlarini, foydalanuvchi tomonidan qo'llab-quvvatlash xizmatiga yuboriladigan xabarlarning mazmunini, Platformadan foydalanish to'g'risidagi fikr-mulohazalarni, shuningdek Platforma funksionalidan foydalanish va sun'iy intellektga yuboriladigan so'rovlar bilan bog'liq egasizlantirilgan va shifrlangan ma'lumotlarni yig'ish hamda ularga ishlov berishni amalga oshiradi.
3.3. Foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlariga faqat LEXORA Platformasining ishlashi, ushbu Siyosatni bajarish, funksionaldan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, texnik qo'llab-quvvatlash, Tarif rejalari va kreditlardan foydalanishni hisobga olish, shuningdek tahlil qilish va servis sifatini yaxshilash maqsadlarida ishlov beriladi. Kompaniya Foydalanuvchining Platformadagi harakatlari to'g'risidagi egasizlantirilgan axborotni yig'ish uchun cookie fayllaridan, shuningdek uchinchi tomon tahliliy vositalaridan foydalanishga haqli. Mazkur axborotdan tendensiyalarni tahlil qilish, saytning unumdorligini monitoring qilish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun – alohida shaxslarni identifikatsiya qilmagan holda foydalaniladi. Platformadan foydalanish, agar Foydalanuvchining brauzeri yoki qurilmasi sozlamalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Foydalanuvchining cookie'dan foydalanishga roziligini anglatadi.
3.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni va boshqa axborotni uchinchi shaxslarga uzatishga faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek LEXORA Platformasining ishlashi uchun zarur bo'lgan hajmda, shu jumladan tashqi SI-servislardan foydalanishda yo'l qo'yiladi. Uzatilayotgan axborotning mazmuni va qonuniyligi uchun Foydalanuvchi javobgar bo'ladi.
3.5. Sun'iy intellekt texnologiyalaridan va bulutli infratuzilmadan foydalanilishi munosabati bilan ma'lumotlarning bir qismiga O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlov berilishi mumkin. Ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga, shu jumladan 15-modda talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Foydalanuvchi LEXORA platformasidan foydalanar ekan, agar bu platformaning ishlashi uchun zarur bo'lsa, ma'lumotlarga transchegaraviy ishlov berilishi ehtimoliga rozilik bildiradi.
3.6. Shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish LEXORA dasturiy ta'minotidan foydalanish va uning ishlashi masalalari bo'yicha Foydalanuvchi bilan lozim darajadagi kommunikatsiyani ta'minlash, shu jumladan bildirishnomalarni, axborot xabarlarini, texnik ogohlantirishlarni va Foydalanuvchining so'rovlariga javoblarni yuborish maqsadlarida, shuningdek ushbu Maxfiylik siyosatida va LEXORA dasturiy ta'minotidan foydalanish shartlarini tartibga soluvchi Ommaviy ofertada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun amalga oshiriladi.
4. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI SAQLASH VA HIMOYA QILISH
4.1. Platforma Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini ularning tizimdagi hisob yozuvlari mavjud bo'lgan muddat davomida saqlashni amalga oshiradi. Shaxsga doir ma'lumotlarga faqat LEXORA dasturiy ta'minotining ishlashini ta'minlash, Foydalanuvchiga servislarni taqdim etish, Ommaviy ofertada va ushbu Maxfiylik siyosatida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etish uchun zarur bo'lgan hajmda ishlov beriladi va ular shu hajmda saqlanadi.
4.2. Hisob yozuvi (akkaunt) Foydalanuvchi tomonidan o'chirilgan taqdirda, uning shaxsga doir ma'lumotlari qo'llaniladigan qonunchilik talablariga va ma'lumotlarga ishlov berishning ichki reglamentlariga muvofiq o'chirilishi, yo'q qilinishi yoxud egasizlantirilishi lozim. Ko'rsatilgan harakatlar, agar yuridik majburiyatlarni bajarish, ehtimoliy nizolarni hal etish yoxud qonunchilikning majburiy talablariga rioya etish uchun boshqacha talab qilinmasa, hisob yozuvidan foydalanish tugatilganidan keyin oqilona muddatda amalga oshiriladi.
4.3. Platforma Foydalanuvchi tomonidan dasturiy ta'minotdan foydalanishda kiritiladigan axborotning, shu jumladan hujjatlar, so'rovlar va boshqa ma'lumotlarning but saqlanishini va maxfiyligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi, ushbu Maxfiylik siyosatida, Ommaviy ofertada yoxud amaldagi qonunchilik talablarida to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4.4. Platforma Foydalanuvchilardan olinadigan qayta aloqani, shu jumladan tizim ishining sifati va taqdim etilayotgan javoblarning to'g'riligi haqidagi fikr-mulohazalarni yig'ish va tahlil qilishni amalga oshirishi mumkin. Salbiy fikr-mulohazalar olingan yoki xatolar aniqlangan taqdirda, tizim foydalanuvchi so'rovlariga va ma'lumotlariga faqat dasturiy ta'minot ishining sifatini yaxshilashga qaratilgan tahliliy, tadqiqot va texnologik maqsadlarda egasizlantirilgan shaklda ishlov berishni amalga oshirishi mumkin. Bunday ishlov berish muayyan Foydalanuvchini identifikatsiya qilish imkoniyatisiz amalga oshiriladi.
4.5. Kompaniya shaxsga doir ma'lumotlarni yo'qotilishdan, g'ayriqonuniy foydalanishdan, ruxsatsiz kirishdan, oshkor etilishdan, o'zgartirilishdan yoki yo'q qilinishdan himoya qilishga qaratilgan zarur texnik, dasturiy va tashkiliy xavfsizlik choralarini joriy etadi. O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunining 27¹-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish va ularni saqlash jismonan O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan texnik vositalarda (serverlarda) amalga oshiriladi.
4.6. Kompaniyaning oqilona nazoratidan tashqarida bo'lgan, ma'lumotlarning maxfiyligiga yoki xavfsizligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan holatlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, davlat organlarining harakatlari, favqulodda vaziyatlar, terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, internet-infratuzilma, telekommunikatsiya tarmoqlari yoxud server tizimlari ishidagi nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchilar bu haqda imkon qadar eng qisqa muddatda xabardor qilinadi, shuningdek ma'lumotlarning xavfsizligi va yaxlitligini tiklash uchun barcha oqilona choralar ko'riladi.
5. FOYDALANUVCHINING HUQUQLARI
5.1.1 Foydalanuvchilar, shaxsga doir ma'lumotlar subyektlari, yashash joyidan, amalda turgan joyidan va tegishli hududda qo'llaniladigan qonunchilikdan qat'i nazar, o'zlarining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan muayyan huquqlarga ega. Kompaniya shaxsga doir ma'lumotlarni ustuvor himoya qilish prinsipiga amal qiladi hamda maxfiylik va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta'minlaydi.
5.1.2 O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonunining 30-moddasiga muvofiq shaxsga doir ma'lumotlar subyekti mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxslarda o'zining shaxsga doir ma'lumotlari mavjudligi va ularning tarkibi to'g'risida axborot olish huquqiga ega.
5.1.3 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti so'rovga ko'ra o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilishi to'g'risida axborot, shuningdek bunday ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish shartlari haqida ma'lumotlar olishga haqli.
5.1.4 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti o'zining shaxsga doir ma'lumotlari to'liq bo'lmagan, eskirgan yoki noaniq bo'lgan taqdirda, ularga aniqlik kiritilishini, ularning yangilanishini yoki o'zgartirilishini talab qilish huquqiga ega.
5.1.5 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti o'zining shaxsga doir ma'lumotlari to'liq bo'lmagan, eskirgan, noaniq, qonunga xilof ravishda olingan bo'lsa yoxud ishlov berish maqsadlari uchun zarur bo'lmasa, bunday hollarda ularga ishlov berishni vaqtincha to'xtatib turishni talab qilishga haqli.
5.1.6 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish huquqiga ega, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5.1.7 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxslarga o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini shaxsga doir ma'lumotlarning ommaviy manbalarida tarqatishga rozilik berishga haqli.
5.1.8 Shaxsga doir ma'lumotlar subyekti o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
5.2. Ko'rsatilgan huquqlarni amalga oshirish uchun shaxsga doir ma'lumotlar subyekti yoki uning vakili LEXORA dasturiy ta'minoti operatoriga elektron pochta orqali – lexora.uz@gmail.com tegishli so'rov yuborishga haqli . Operator ariza beruvchining shaxsini tasdiqlash va shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan qo'shimcha axborotni so'rashga haqli. So'rovni ko'rib chiqish natijalariga rozi bo'lmagan taqdirda, shaxsga doir ma'lumotlar subyekti operatorning harakatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. LEXORA dasturiy ta'minoti operatori foydalanuvchilarni ular tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish sohasidagi o'z huquqlarini amalga oshirishi munosabati bilan kamsitishni amalga oshirmaydi.
5.3. LEXORA platformasining funksional imkoniyatlaridan, shu jumladan huquqiy axborotni intellektual tahlil qilish, foydalanuvchi so'rovlariga ishlov berish va hujjatlar yaratish servislaridan foydalanishda tizim maxsus toifadagi shaxsga doir ma'lumotlarni maqsadli ravishda yig'ishni amalga oshirmaydi. Foydalanuvchi platforma funksionalidan foydalanishda o'zi kiritadigan axborot, shu jumladan so'rovlar matnlari, hujjatlar va boshqa ma'lumotlar uchun mustaqil ravishda javobgar bo'ladi.
5.4. Kompaniya foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga sotishni amalga oshirmaydi. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlaridan qonuniy asoslarsiz va foydalanuvchining tegishli roziligisiz, agar bunday rozilik O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida talab qilinsa, tijorat maqsadida tarqatish yoki maqsadli marketing uchun foydalanilmaydi.
6. YAKUNIY QOIDALAR
6.1. Ushbu Siyosat Foydalanuvchi tomonidan aksept qilingan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va, agar ushbu Siyosatda yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, muddatsiz amal qiladi.
6.2. Kompaniya LEXORA Platformasida yangi tahrirni e'lon qilish va (yoki) Foydalanuvchining elektron pochta manziliga tegishli bildirishnoma yuborish yo'li bilan ushbu Siyosat Bitim shartlarini istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda o'zgartirishga haqli. O'zgartirishlar kuchga kirganidan keyin LEXORA Platformasidan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining bunday o'zgartirishlarga roziligini anglatadi.
6.3. Taraflar o'rtasida bildirishnomalar, xabarlar va boshqa yuridik ahamiyatga ega axborot almashinuvi elektron pochta vositasida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi uchun u tomonidan ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan elektron pochta manzilidan, Kompaniya uchun - lexora.uz@gmail.com rasmiy elektron pochta manzilidan yoxud Platformada ko'rsatilgan manzildan foydalaniladi.
6.4. Har qanday bildirishnomalar adresat tomonidan ularning amalda o'qilganligi faktidan qat'i nazar, tegishli elektron pochta manziliga yuborilgan paytdan e'tiboran lozim darajada yetkazilgan deb hisoblanadi.